政治家和选举,投票自由和积极参与民主,为改变而投票全民投票在线
Populyarnostʹ Uzbekistana

O‘zbekistondagi beqiyos o‘zgarishlar kishini maftun etadi

Populyarnostʹ Uzbekistana, Мне нравится 62%

O‘zbekiston o‘zining betakror tarixiy obidalari, boy madaniyati va an’analari, go‘zal tabiati va zamonaviy shaharlari bilan sayyohlar va xorijlik mehmonlarni maftun etib keladi. O‘zA muxbiri ulardan ayrimlarining taassurotlari bilan qiziqdi.

Ahmad Tashfiq (Singapur):

– Mamlakatingizga bundan o‘n yil avval kelgan edim. Yurtingizda turli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, qurilish, axborot texnologiyalari va qishloq xo‘jaligida ro‘y bergan o‘zgarishlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar berayotgan yuksak samaralarni ko‘rib, havasim kelganini yashirmayman.

Toshkentni sayr qilar ekanman, poytaxtingiz kundan-kun chiroy ochib borayotganini ko‘rdim. Ayniqsa, Mustaqillik maydoni har qanday kishini hayratga soladi. Yam-yashil maydon va mo‘jizakor binolar kishida havas uyg‘otadi. Mustaqillik va ezgulik monumenti, Baxtiyor ona haykali mamlakatingizdagi tinchlik, barqarorlik va baxtiyorlik, buyuk kelajakka qat’iy ishonch timsolidir.

Arto Kandeloro (Italiya):

– O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoda, balki jahon miqyosida ham yetakchi mamlakatlar safidan joy olayotganini ta’kidlamoqchiman. Yurtingizda istiqlol yillarida ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora oshib bormoqda. Bularning barchasi yurtingizda xalq farovonligini yanada yuksaltirishga, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan ulkan e’tibor samaralaridandir.

Shahar-qishloqlaringizda qad rostlayotgan zamonaviy binolar, ravon yo‘llar, bog‘-rog‘larni ko‘rib ko‘z quvonadi. Toshkenti azimga ko‘rku tarovat bag‘ishlayotgan keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari qatorida did bilan ekilgan va parvarishlanayotgan turfa daraxtlaru gullar kishi bahri dilini ochadi. Bu ajib diyorning asrlar mobaynida sayqallangan betakror an’ana. ari va qadriyatlari yanada rivoj topayotganini ko‘rish menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi.

 

Nodira Manzurova

 

Read more: O‘zA (05.08.2011)


cici -
标示no spam

ElectionsMeter 不对评论的内容负责。请您参考发表该评论的用户和作者。任何在ElectionsMeter 发布的评论都有包含原始的作者名字。用户必须遵守关于著作权限的相关规定。请您参阅我们网站上公布的相关政策。

 
load menu